Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Shanba, 28-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar. Fan. Avto.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sunʼiy intellekt

Singapur AQSh bilan AI uchun chiplarga kirish imkonini saqlashni muhokama qilmoqda

Singapur bosh vaziri oʻrinbosari Gan Kim Yong hukumat AQSh bilan ilgʻor chiplarga kirish imkonini saqlashni muhokama qilayotgani va noqonuniy savdodan himoyani tekshirayotganini aytdi.

28-noyabr, 15:23По-русски

Read in English

BRIAN TEO / straitstimes.com

Singapur mamlakatda chiplarning noqonuniy savdosi yoʻqligiga ishonch hosil qilish uchun tartiblarini qayta koʻrib chiqmoqda. Gan Kim Yongga koʻra, hukumat qonunni buzishda gumon qilinayotganlarga qarshi kompleks tizimga ega.

Avvalroq AQSh Singapurga chip eksporti cheklovlarini kuchaytirgan edi. Amerika rasmiylari maʼlumotlar markazlari operatori Megaspeed kompaniyasining asoschisi va sobiq yuqori lavozimli rahbari Elis Huangni XXR foydasiga josuslikda gumon qilmoqda. Dushanba kuni AQSh Savdo vazirligi kompaniyani «qora» roʻyxatga kiritib, uni Amerika kompaniyalaridan AI sohasidagi ishlanmalar uchun ilgʻor chiplar xarid qilish imkonidan mahrum qildi.

Bu hafta Nvidia hamkorlariga oʻz chiplari oʻrnatilgan serverlarni Malayziya, Singapur, Tailand va Indoneziyaga joʻnatishni toʻxtatishni topshirgani xabar qilindi. Mahalliy xaridorlarga buyurtmalarini joʻnatib boʻlmasligi bildirildi; bu vaqtinchalik chorami-yoʻqmi hozircha nomaʼlum.

Singapur hukumati taʼminot toʻxtatilganini tasdiqlamayapti. Gan Kim Yong hukumat korxonalar bilan hamkorlik qilayotganini va biznes ilgʻor chiplarga ishonchli kirish imkonini saqlab qolishi uchun AQSh bilan hamkorlikni davom ettirishini aytdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media