Intel 18A texnologik jarayonida yaroqli kristallar chiqishini 70 foizgacha oshirdi
Intel 18A texnologik jarayonida yaroqli kristallar chiqishi 70 foizga yetganini maʼlum qildi. Microsoft kompaniyaning server Xeon protsessorlari uchun ishlab chiqarish quvvatlarini bir necha yilga oldindan band qiladi.

Intel 18A texnologik jarayonida yaroqli kristallar chiqishi oshgani va Microsoft bilan uzoq muddatli kelishuvga erishilganini eʼlon qildi. TomorrowX konferensiyasida Intel bosh direktori Lip-Bu Tan kompaniyaga kelganidan keyin bu koʻrsatkich nihoyatda past darajadan 70 foizgacha oshganini aytdi.
18A texnologik jarayoni 1,8 nm sinfiga kiradi. Undan Panther Lake seriyasidagi Core Ultra 300 protsessorlarining hisoblash kristallari, shuningdek Clearwater Forest oilasidagi Xeon 6+ server protsessorlarini ishlab chiqarishda foydalaniladi. Ushbu chiplar koʻp kristalli komponovka va Foveros Direct uch oʻlchamli yigʻish texnologiyasi yordamida yaratiladi.
Kelishuvga koʻra, Microsoft Intelʼning ishlab chiqarish quvvatlarini boʻlajak Diamond Rapids protsessorlarini ham oʻz ichiga olgan server Xeonʼlari uchun oldindan band qiladi. Shuningdek, kompaniya oʻz yarimoʻtkazgich yechimlarida EMIB korpuslash texnologiyasidan foydalanish niyatini ochiq tasdiqlagan birinchi buyurtmachiga aylanadi. Bu texnologiya alohida kristallarni bitta korpusga birlashtiradi.
Intel va Microsoft EMIB yordamida qaysi chiplar ishlab chiqarilishi, buning uchun qaysi texnologik jarayon qoʻllanishi, shuningdek ishlab chiqarish hajmlari va muddatlarini oshkor qilmadi. Kelishuv Microsoftʼning 18A texnologik jarayonidan oʻz server yechimlarida foydalanish boʻyicha avvalgi rejalariga aloqador yoki aloqador emasligi nomaʼlum.





