Mish-mishlarga koʻra, iPhone 20 Pro yangi asosiy kamera sensori va ISP oladi
Insayder Ice Universe kelasi yili taqdim etiladigan iPhone 20 Pro yangi asosiy kamera sensori va 17 nm tasvirni qayta ishlash chipsetiga ega boʻlishini aytdi.

Ice Universeʼning soʻzlariga koʻra, Apple yangi sensorni tasvir signalini qayta ishlashning yangilangan protsessori — ISP bilan birlashtiradi. Insayder yangi 17 nm chipset fotosurat va videolarni qayta ishlashda aynan qanday oʻzgarishlar berishini oshkor qilmadi.
Taxminlarga koʻra, bu qator yubileyga bagʻishlanadi: Apple uni iPhoneʼning 20 yilligi munosabati bilan taqdim etishi mumkin. Shu bilan birga, iPhone 20 Proʻda sentabrda taqdim etilgan iPhone 18 Pro qatorida ilk bor paydo boʻlgan oʻzgaruvchan diafragmali asosiy kamera saqlanib qolishi ehtimol. Sensor va ISP yangilanishi tasvir hamda videoni qayta ishlashga taʼsir qilishi kutilmoqda, biroq kameraning aniq texnik xususiyatlari hozircha nomaʼlum.
Boshqa sizib chiqqan maʼlumotlarga koʻra, ikkala smartfon ham toʻrt tomoni boʻylab egri chiziqlarga ega kattaroq ekranlar bilan jihozlanadi. Shuningdek, ularga takomillashtirilgan sovitish tizimi va iPhone Airʼda qoʻllanadigan ramkaga oʻxshash ramka nisbat berilmoqda.
Yana oʻqing

Konsollar narxi yaqin orada pasaymasligining 3 sababi
Gadjetlar26-noyabr, 17:50
Samsung Galaxy Z TriFold2’ning kod nomi va qayerlarda sotuvga chiqishi haqidagi maʼlumotlar sizib chiqdi
Gadjetlar26-noyabr, 17:41


