Yangi Xiaomi SU7 Ultra Nürburgring tojini Taycandan tortib olmoqchi
MIIT hujjatlari 2027-yilgi yangilangan Xiaomi SU7 Ultraʼni koʻrsatdi: elektromobil yangi aerodinamikaga ega va Nürburgring rekordini Porsche Taycandan qaytarishga urinadi.

Materiallarda modelning tasvirlari va texnik xususiyatlari keltirilgan. Uch motorli kuch qurilmasi oʻzgarishsiz qolgan: quvvati 1 526 ot kuchi, maksimal tezligi esa 318 km/soat deb koʻrsatilgan. Yurish zaxirasi CLTC sikli boʻyicha taxminan 620 km boʻlib qolishi kutilmoqda.
Standart versiyada oldingi jalyuzilar, bamper va radiator panjarasi oʻzgargan. Opsiyalar qatorida elektron tayanchlarga oʻrnatiladigan, DRS tamoyili boʻyicha ochiladigan yuqori qismga ega katta karbonli aerodinamik qanot, chiqariluvchi spoyler, qoʻshimcha havo kanallari va wingletlarga ega old bamper, shuningdek, kattalashtirilgan diffuzor bor.
Avtomobil uchun trekka moʻljallangan gʻildiraklar, Pirelli P Zero Trofeo RS shinalari, kuzovning karbonli elementlari va karbon tomning uchta varianti ham tayyorlangan. Hujjatlarda panoramali shisha tom oʻrnatilishi mumkinligi, dekorativ grafik toʻplamlari va karbon-keramik tormoz disklari tilga olingan. SU7 Ultraʼning avvalgi versiyasi Nürburgring rekordini Manthey toʻplamiga ega Porsche Taycan Turbo GTʼga boy bergan. Xiaomiʼning yangi aerodinamikasi natijani yaxshilay oladimi, hozircha nomaʼlum.





