SI yaqindagi texnologik uzilishlarga ehtimol bogʻliq — ammo siz kutgandek emas
Microsoft, JPMorgan Chase va Charles Schwabʼdagi uzilishlar SI zaifliklarni topgach, tuzatishlar shoshilinch chiqarilgani bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Ekspertlar yangi uzilishlardan ogohlantirmoqda.

Tashkilotlar dasturiy taʼminotdagi zaifliklarni SI yordamida topib, tuzatishlarni odatdagidan koʻproq va tezroq chiqarmoqda. Armadin bosh direktori Kevin Mandia tizimlar bunday yangilanishlarni har doim ham sinovdan oʻtkazib, qayta ishlashga ulgurmasligini hisoblaydi.
Soʻnggi besh kunda uzilishlar Microsoft, JPMorgan Chase va Charles Schwabʼga taʼsir qilib, kompaniyalar hamda isteʼmolchilarga koʻrsatiladigan xizmatlar ishini izdan chiqardi. AQShdagi barcha aeroportlarda parvozlarning vaqtincha toʻxtashi ham katta muammolar tugʻdirdi, ammo AQSh transport vaziri Shon Daffi buni havo harakatini boshqarish infratuzilmasining eskirgani bilan bogʻladi.
Senat Razvedka qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Mark Uorner uzilishlar boshqa davlat yoki tajovuzkor tomonidan uyushtirilgan muvofiqlashtirilgan kiberhujum natijasi emasligini aytdi. Uningcha, tuzatishlarni tayyorlashdagi shoshilish yangi uzilishlarga olib kelishi mumkin. Mandia ham yaqin orada bunday uzilishlar koʻpayishini kutmoqda.
Kiberxavfsizlik boʻyicha sobiq jurnalist va sohaga ixtisoslashgan venchur fond asoschisi Nikol Perlrot zanjir boʻylab tarqaluvchi kutilmagan uzilishlar xavfidan ogohlantirdi. Avvalroq SI saytlarning 70 foizigacha foydalanadigan dasturlash tilida jiddiy zaifliklarni aniqlagan.





