Musk toʻqqizta dvigatel va qariyb 150 metr balandlikka ega Starship V4 haqida soʻzlab berdi
Starship raketasining navbatdagi versiyasi yigʻilgan holatda qariyb 150 metr balandlikka yetishi, uning yuqori bosqichida esa oltita emas, toʻqqizta dvigatel boʻlishi kutilmoqda, deb maʼlum qildi SpaceX rahbari Ilon Musk. Uning debyuti 2027-yilda kutilmoqda.

Muskning soʻzlariga koʻra, Starship V4 kemasining uzunligi qariyb 70 metrni tashkil etadi, yoqilgʻi zaxirasi esa 60 foizdan koʻproqqa oshadi. SpaceX kosmosda ishlashga moʻljallangan uchta Raptor Vacuum dvigatelini qoʻshishni rejalashtirmoqda. Yangi avlod dvigatellari, shuningdek, kattaroq tortish kuchini hosil qilishi kerak.
Taqqoslash uchun, Starship V3 kemasining uzunligi qariyb 52 metrni tashkil etadi. Super Heavy tezlatkichi bilan birga tizim balandligi 124 metrga yetadi. V4 ning bitta yuqori bosqichi balandligi ikki bosqichli Falcon 9 raketasi balandligi bilan taqqoslanadigan darajada boʻladi.
Musk 2025-yil avgustida eʼlon qilgan yoʻl xaritasida V4 uchun yigʻilgan holdagi balandlik 142 metr, kemaning balandligi esa 61 metr deb koʻrsatilgan edi. Oʻshanda ilk parvoz 2027-yilga rejalashtirilgan. Yangi xabarida Musk oʻlchamlar boʻyicha bahosini qayta koʻrib chiqdi, biroq debyut sanasiga aniqlik kiritmadi.
Bayonot Starshipning 15-sinov parvozidan keyin yangradi. Kema Starlink V3 sunʼiy yoʻldoshlarini orbitaga olib chiqdi, 14-noyabr kuni esa start minorasi orbital parvozdan qaytgan yuqori bosqichni ilk bor tutib qoldi. Oʻsha sinov davomida Super Heavy tezlatkichi suvga qoʻnishi uchun yoʻnaltirildi.
Yana oʻqing

Fiziklar Koinot nega mavjudligini tushuntirishi mumkin boʻlgan ilmiy yutuqda antimateriyani ushladi
Ilm-fan12:28
NASA saraton, mushak atrofiyasi va oʻsimlik yetishtirish boʻyicha tadqiqotlar uchun uskunalarni XKSga yuboradi
Ilm-fan10:19


