Sunʼiy intellekt agentlari Shveytsariyaning hayotiy muhim infratuzilmasiga hujum qildi: uch hujumdan ikkitasi muvaffaqiyatli boʻldi
Shveytsariya ilk bor avtonom sunʼiy intellekt agentlarining hayotiy muhim infratuzilmaga hujumlarini tasdiqladi: uch urinishdan ikkitasida tizimga kirishga erishilgan.

Bu haqda Shveytsariya Milliy kiberxavfsizlik markazi rahbari Florian Shyuts maʼlum qildi. Soʻnggi kunlarda mamlakatda bunday beshta hodisa aniqlangan, ulardan toʻrttasi muvaffaqiyatli yakunlangan. Hujumlarning nishoniga hayotiy muhim infratuzilma operatorlaridan tashqari kichik va oʻrta kompaniyalar ham aylangan. Ularning nomlari, shuningdek, hujumchilar shaxsi oshkor qilinmagan.
Avtonom agentlar zaifliklarni mustaqil izlaydi, bir vaqtning oʻzida koʻplab tizimlarni tekshiradi va himoya aniqlanganda taktikasini oʻzgartiradi. Hujumlarda anchadan beri maʼlum boʻlgan muammolardan foydalanilgan: sizib chiqqan parollar, konfiguratsiyadagi xatolar, autentifikatsiyaning yoʻqligi va API zaifliklari. Yangi omil esa tezlik boʻldi — shu sababli mutaxassislarning javob qaytarish uchun vaqti qisqarmoqda.
Shunga oʻxshash kampaniyalar Italiya va Buyuk Britaniyada ham aniqlangan. Yevrokomissiya, shuningdek, ARTEX yordamida kadrlar, tibbiyot va tarjima tizimlari buzilganini tasdiqladi. Shveytsariya idoralari muhim yangilanishlarni 24 soat ichida oʻrnatish, internetdan kirishni cheklash va koʻp omilli autentifikatsiyadan foydalanishni tavsiya qilmoqda.
Yana oʻqing

Singapur AQSh bilan AI uchun chiplarga kirish imkonini saqlashni muhokama qilmoqda
Sunʼiy intellekt15:23
Yandex yetkazib berishida odamga oʻxshash robotlar ishlay boshlaydi
Sunʼiy intellekt27-noyabr, 13:07


