Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar. Fan. Avto.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Avto

«Formula-1» 2030-yildan turbinali V8 dvigatellariga oʻtishga kelishdi

«Formula-1», FIA va ishlab chiqaruvchilar 2030-yildan turbinali V8 dvigatellariga oʻtishga kelishdi. Yangi reglamentni FIA Jahon kengashi tasdiqlashi kerak.

18-noyabr, 09:58По-русски

Read in English

sports.ru

Tomonlar chempionatning kuch qurilmalariga qoʻyiladigan asosiy texnik talablarni kelishib oldi. Jamoalar 2030-yildan hozirgi gibrid V6 dvigatellari oʻrniga 2,1 litr hajmli turbinali V8 dvigatellaridan foydalanishni rejalashtirmoqda.

FIA rejasiga koʻra, yangi motorlar sodda va yengilroq boʻladi, ularni ishlab chiqish hamda ishlab chiqarish xarajatlari esa kamayadi. Gibrid komponentlar ulushi qisqaradi, shu bilan birga reglament zararli chiqindilarni kamaytirish va dvigatellarning «agressiv» ovozini saqlash texnologiyalarini ham koʻzda tutadi. V8 dvigatellari chempionatda oxirgi marta 2013-yilda qoʻllangan.

Keyingi bosqich reglamentni FIA Jahon kengashi tasdigʻiga kiritish boʻladi. Kengashning navbatdagi yigʻilishi kelasi oyga rejalashtirilgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media