Ilon Mask Germaniyaning Singulus kompaniyasidan Starmind uchun €60 mlnlik elementlar buyurtma qildi
SpaceX Singulus Technologies bilan Starmind uchun €60 mlnlik bitim tuzdi; elementlarni Texasdagi maydonga 2027 yil boshida yuborish rejalashtirilmoqda.

Buyurtma SpaceXʼning Texasdagi Starmind yoʻldoshlari ishlab chiqariladigan maydoniga elementlar yetkazib berilishini nazarda tutadi. Hamkorlik doirasida kompaniyalar 100 gigavattlik quyosh energiyasi ishlab chiqarish quvvatlari uchun qoʻshimcha obyektlar va liniyalar yaratishni ham rejalashtirmoqda.
Kahl-am-Mayn shahrida joylashgan Singulus Technologies fotovoltaika, yarimoʻtkazgichlar, tibbiyot, avtomobilsozlik va boshqa sohalar uchun uskunalarni ishlab chiqadi hamda yigʻadi. Kompaniya geterotutashuvli quyosh elementlarini ishlab chiqaradi; manbaga koʻra, ular kosmosda foydalanishga mos.
Bitim eʼlon qilinganidan soʻng Singulus aksiyalari vaqtincha 65–80 foizga oshdi, kompaniyaning bozor qiymati esa taxminan €73 mln ga yetdi. Taqqoslash uchun, uning 2025 yildagi daromadi €48,3 mln boʻlgan.
Starmind koinotda sunʼiy intellektga oid vazifalarni qayta ishlaydigan va maʼlumotlarni lazer kanallari orqali Yerga uzatadigan yoʻldoshlar ishlab chiqarishi kerak. Qurilmalarni uzunligi 75 metr boʻlgan quyosh qanotlari bilan jihozlash rejalashtirilgan. SpaceX rejasiga koʻra, yoʻldoshlar hisoblash modullarini ishlatish uchun quyosh energiyasidan foydalanadi va yer usti maʼlumotlarni qayta ishlash markazlari bilan bogʻliq atrof-muhitga taʼsirni kamaytiradi.
Mask, shuningdek, orbitaga 1 mln ta Starmind yoʻldoshini chiqarish rejalari haqida ham gapirgan. Manba bu bahoni ehtimoli past deb hisoblaydi, texnologiyaning oʻzi esa hozircha samaradorligini isbotlamagan. Google ham quyosh energiyasi asosida hisoblash uchun yoʻldoshlardan foydalanishning shunga oʻxshash konsepsiyasini koʻrib chiqmoqda.
Yana oʻqing

Fractile AI chiplari ishlab chiqish uchun $720 mln jalb qildi
Biznes va pul15:48
Investorlar IPOdan oldin Anthropic aksiyalariga qanday kirish imkoniga ega boʻlishi mumkin
Biznes va pul11:42


