Galaxy AIʼning pullik versiyasi haqida yangi tafsilotlar: Now Brief cheklovlari
Sizdirilgan maʼlumotlar Galaxy AI Premium shartlarini ochdi: Now Briefʼda uchta kartadan koʻprogʻini faqat obuna va kreditlar bilan yaratish yoki tahrirlash mumkin boʻladi.

Samsung oyiga $5 turadigan Galaxy AI Premium pullik rejasini ishga tushirishi kutilmoqda. Obuna Bixy Action, Daily Briefing va Gen Videoʻning yangi funksiyalaridan foydalanish, shuningdek, mavjud vositalar imkoniyatlarini kengaytirish imkonini berishi kerak.
Hozir Now Briefʼda alohida vazifalar uchun moʻljallangan, sozlanadigan Custom Cards kartalaridan koʻpi bilan uchtasini yaratish mumkin. Ular, masalan, ob-havo yoki salomatlik haqidagi maʼlumotlarni koʻrsatishi mumkin. Sizdirilgan maʼlumotlarga koʻra, Premium foydalanuvchilari koʻproq karta yaratishi va tahrirlashi mumkin boʻladi.
Biroq limitning kengaytirilishi cheksiz foydalanish degani emas. Har bir kartani yaratish yoki oʻzgartirish reja kreditlarini sarflaydi, kreditlar esa bitta Samsung akkauntiga ulangan barcha qurilmalar uchun umumiy boʻladi. Kreditlar tugasa, obunachilar qoʻshimcha paketlarni sotib olishlari mumkin. Bitta operatsiya uchun qancha kredit kerak boʻlishi hozircha nomaʼlum.





