OpenAI sunʼiy intellekt qurilmani korpusidan tortib proshivkasigacha mustaqil loyihalaganini koʻrsatdi
Astra modeli insonning bevosita tuzatishlarisiz Codexʼdan ovozli foydalanish uchun gadjet ishlab chiqdi. Prototiplarni tekshirgach, OpenAI model ishlab chiqarish talablarini hisobga olishda cheklovlarga ega ekanini aniqladi.

Kompaniya uskunani tashqi koʻrinishidan tortib dasturiy qismigacha toʻliq loyihalash siklida sunʼiy intellektni sinovdan oʻtkazganini maʼlum qildi. Astra korpus va ichki mahkamlash qismlarini yaratdi, elektron komponentlarni tanladi, qurilma oʻlchamlarini hisobga olgan holda bosma elektron platani loyihaladi, shuningdek, interfeys va proshivkani tayyorladi. OpenAIʼning ikki xodimi loyihani asosiy ishiga parallel ravishda muvofiqlashtirdi, pudratchi esa bir oydan kamroq vaqt ichida prototiplarning kichik partiyasini tayyorladi.
Ishlab chiqarishga tayyorgarlik jarayonida model ishlab chiqaruvchining cheklovlari, ruxsat etilgan ogʻishlar va yigʻish talablarini toʻliq hisobga olmadi. Kompaniya bu natija kelajakdagi modellarni takomillashtirish yoʻnalishlarini aniqlashga yordam berdi, deb hisoblaydi.
Muhandislar avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlarida Codex va ChatGPTʼdan chizmalar tayyorlash, simulyatsiyalarni sozlash va loyihalarni tekshirish uchun foydalanmoqda. Fevraldan beri xodimlarning ushbu yoʻnalishdagi tokenlar sarfi 23 baravarga oshdi. BenchCAD 2.0 sinovida Astra 0,594 ball, yangiroq ichki model esa 0,875 ball oldi.
Kompaniya, shuningdek, Chip Ganassi Racing bilan birgalikda texnologiyalarni sinovdan oʻtkazmoqda: detallarining uch oʻlchamli skanlari tahrirlanadigan CAD modellariga va ishlab chiqarish uchun 2D chizmalarga aylantirilmoqda. Mazda muhandislari bilan avtomobil konstruksiyalarini yaratish va baholashda sunʼiy intellektdan foydalanish, jumladan, havo oqimlari hamda detallar xatti-harakatini modellashtirish masalalari oʻrganilmoqda.
Yana oʻqing

Xpeng uning GroundingPI AI modeli testlarda GPT-6 Astraʼdan oʻzib ketganini maʼlum qildi
Tadqiqotlar15:42
Sunʼiy intellekt avvalgi smartfonlar darajasidagi protsessorlarni loyihalashni oʻrgandi
Tadqiqotlar09:57


