Sharh: Asus ProArt P16 mahalliy sunʼiy intellekt kelajagi haqida tasavvur beradi
Nvidia RTX Spark chipiga ega Asus ProArt P16 sunʼiy intellekt modellarini bevosita noutbukning oʻzida ishga tushirish uchun moʻljallangan. 128 GB xotirali yuqori darajadagi versiyasi 7 000 dollar turadi

Modelning asosiy jihati — protsessor va Blackwell grafikasi uchun yagona xotira. Maksimal konfiguratsiyada u 100 mlrd dan ortiq parametrga ega modellarni yuklash imkonini beradi, biroq Windows sunʼiy intellekt uchun foydalanish mumkin boʻlgan xotira hajmini taxminan 110 GB bilan cheklaydi.
Noutbuk kundalik ishlar, oʻyinlar va professional vazifalar uchun ham moʻljallangan. Unda 120 Gts chastotali OLED-ekran, uchta USB-C porti, USB-A, HDMI, quloqchin uyasi va SD-kartalarni oʻqish qurilmasi bor. Zaryadlash qurilmasi USB-C orqali ulanadi va quvvati 140 Vtni tashkil etadi.
Asus maʼlumotlariga koʻra, bir marta toʻliq quvvatlash bilan qurilma koʻpi bilan 12 soat ishlaydi, biroq aralash yuklama va sunʼiy intellekt bilan ishlashda avtonomlik bundan past boʻladi. Sinov davomida toʻliq ish kunidan va modellar bilan oʻtkazilgan tajribalardan soʻng qurilmada taxminan 30 foiz quvvat qolgan.
Nvidia va Asus fikricha, RTX Spark kuchli modellarni maʼlumotlarni bulutga yubormasdan va pullik tokenlarni sarflamasdan mahalliy tarzda ishga tushirish imkonini beradi. Bunda bunday tizimlarni sozlash va boshqarish bilan foydalanuvchining oʻzi shugʻullanishiga toʻgʻri keladi. Windows mahalliy agentlarni ishga tushirishni osonlashtiradi, biroq ularni oʻrnatish va ishlatish sinovlarni talab qiladi hamda har doim ham muammosiz kechavermaydi.
Yana oʻqing

Konsollar narxi yaqin orada pasaymasligining 3 sababi
Gadjetlar26-noyabr, 17:50
Samsung Galaxy Z TriFold2’ning kod nomi va qayerlarda sotuvga chiqishi haqidagi maʼlumotlar sizib chiqdi
Gadjetlar26-noyabr, 17:41


