Samsung Galaxy S26 seriyasi uchun One UI 9.5 beta-testini boshladi
Samsung Galaxy S26, S26+ va S26 Ultra uchun One UI 9.5 ommaviy beta-testini boshladi. Hozircha olti mamlakat foydalanuvchilari qatnasha oladi.

Roʻyxatdan oʻtish Germaniya, Hindiston, Polsha, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya va AQShda mavjud. Qatnashish uchun Galaxy S26 seriyasidagi smartfonda Samsung Members ilovasini ochib, One UI 9.5 Beta bannerini tanlash va ekrandagi koʻrsatmalarga amal qilish kerak.
Roʻyxatdan oʻtgach, yangilanishni «Sozlamalar» → «Dasturiy taʼminotni yangilash» boʻlimidan tekshirish mumkin. Birinchi beta-versiya ZKN bilan tugaydigan proshivka raqamiga ega, 2026 yil noyabridagi Android xavfsizlik patchini oʻz ichiga oladi va taxminan 3,6 GB joy egallaydi.
Samsung barcha foydalanuvchilar uchun yakuniy One UI 9.5 qachon chiqarilishini hozircha maʼlum qilmagan. Oldingi yangilanish dasturlariga qaraganda, yangi interfeysni tayyor oʻrnatilgan holda birinchi boʻlib Galaxy S27 seriyasi smartfonlari olishi kutilmoqda. Ularning relizi 2027 yil boshida kutilmoqda.
Yana oʻqing

Konsollar narxi yaqin orada pasaymasligining 3 sababi
Gadjetlar26-noyabr, 17:50
Samsung Galaxy Z TriFold2’ning kod nomi va qayerlarda sotuvga chiqishi haqidagi maʼlumotlar sizib chiqdi
Gadjetlar26-noyabr, 17:41


