«Lenovo Googlebook Duet 13» sizib chiqqan maʼlumotlari uning yanvarda ishga tushirilishiga ishora qilmoqda
Internetda Lenovoʻning 13 dyuymli ekranga ega, ajratib olinadigan qurilmasining yangi tasvirlari paydo boʻldi. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, uning ishga tushirilishi yanvar oyida kutilmoqda.

Tasvirlarda planshet, klaviatura va magnit yordamida yuqori qirraga biriktiriladigan hamda dok-stansiyada quvvatlanadigan stilus koʻrsatilgan.
Klaviatura kichik trekpad, pastki qismi yumaloqlangan tugmalar va Ctrl tugmasi ostidagi «Googlebook» yozuviga ega. Uning oʻng chetida jismoniy oʻchirgich koʻrinadi. Qurilma korpusida ikkita USB-C ulagichi joylashgan: biri oʻng yuqori qirrada, ikkinchisi esa chap tomonda, pastki qismda. Quvvat tugmasi chap tomonga oʻrnatilgan.
Olinadigan orqa qopqoq taglik vazifasini bajaradi. Tasvirlarga qaraganda, u magnit bilan biriktiriladi va diagonal boʻylab buklanadi. Qopqoqda katta Lenovo logotipi koʻzga tashlanadi. Orqa kamera yonida Glowbar joylashgan.
Yanvar oyida kutilayotgan ishga tushirish CES 2027 koʻrgazmasidagi anons bilan bir vaqtga toʻgʻri kelishi mumkin. Soʻnggi haftalarda Google Googlebook qurilmalari uchun xatolarni tuzatish va yaxshilash ishlari bilan ham shugʻullandi.
Yana oʻqing

Konsollar narxi yaqin orada pasaymasligining 3 sababi
Gadjetlar26-noyabr, 17:50
Samsung Galaxy Z TriFold2’ning kod nomi va qayerlarda sotuvga chiqishi haqidagi maʼlumotlar sizib chiqdi
Gadjetlar26-noyabr, 17:41


