Operon asoschisi startapga $80 000 tikdi va universitetga qaytmaslikni rejalashtirmoqda
Operon asoschisi va bosh direktori, 22 yoshli Anderson Chen universitetga qaytmaslikni rejalashtirmoqda. U startapga qariyb $80 000 tikib, sanoat AIʼiga eʼtibor qaratmoqchi.

Chen hozir Singapurdagi Nanyang Technological Universityʼda kimyoviy muhandislik va biznesni oʻrganib, ikkinchi akademik taʼtilini olmoqda. Birinchi taʼtilidan San-Fransiskodagi, ishlab chiqarish, neft-gaz va qurilishdagi vazifalarni avtomatlashtiruvchi Operon startapini yoʻlga qoʻyish uchun foydalangan.
Chenning aytishicha, oʻqishga qaytmaslik qarori AIʼning tez rivojlanishi va kompaniyaning oʻsishi bilan bogʻliq. Uning fikricha, universitetni tamomlashning oʻzi keyin nima bilan shugʻullanishni tushunishni kafolatlamaydi, AIʼdan samarali foydalanish esa ayrim hollarda oʻqituvchi bilimidan ustun natija berishi mumkin.
Operon gʻoyasi Chenning ishlab chiqarish korxonalaridagi amaliyotlari va Tayvandagi ishlab chiqaruvchilar hamda kompaniya asoschilari bilan muloqotidan keyin paydo boʻlgan. U muhandislar texnik hujjatlar bilan ishlashda ChatGPTʼdan foydalanayotganini, ammo zamonaviy AI modellari sanoatdagi maxfiy va tuzilmagan maʼlumotlarni yaxshi qayta ishlay olmasligini payqagan. Kompaniya bunday tizimlar uchun kontekst qatlami va avtomatlashtirilgan ish jarayonlarini yaratmoqda.
May oyida Operon Y Combinatorʼdan boshqa investorlar ishtirokidagi pre-seed raund doirasida $700 000 mablagʻ oldi. Chenning aytishicha, raund taxminan uch kunda yopilgan. Startapning qariyb 20 ta mijozi bor: loyihalarning bir qismi konsepsiyani tekshirish bosqichida, qolganlari esa toʻlaqonli shartnomalar sifatida rasmiylashtirilgan.
Investitsiya jalb qilinishidan oldin Chen kompaniyaga shaxsiy jamgʻarmalarining deyarli barchasini — qariyb $80 000ni — tikdi. Hozir u oʻziga maosh toʻlamayapti, biroq xodimlar haq olmoqda. Jamoa besh kishidan iborat, ularning barchasi 30 yoshdan kichik. Chenning fikricha, anʼanaviy soha vakillarining shubhasi yosh startapga eʼtibor jalb qilishga yordam bermoqda.
Yana oʻqing

Fractile AI chiplari ishlab chiqish uchun $720 mln jalb qildi
Biznes va pul15:48
Ilon Mask Germaniyaning Singulus kompaniyasidan Starmind uchun €60 mlnlik elementlar buyurtma qildi
Biznes va pul13:39


