Apple 2027 yilni iPhone 18e, yangi iPad va MacBook Neo bilan boshlamoqchi
Apple 2027 yil fevral–martida iPhone 18e, bazaviy iPad va MacBook Neoʻni taqdim etmoqchi. Shu davrda iPhone 18 va yangi MacBook Air ham kutilmoqda.

Mark Gurman maʼlumotiga koʻra, Apple bu taqdimotlarni iOS 27.4 yangilanish davriga moslaydi. Kompaniya yangi mahsulotlarni yil davomida tez-tez namoyish etish uchun anonslarni bir nechta tadbirga boʻlishi mumkin.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yangilangan bazaviy iPad Apple A19 chipi va 8 GB tezkor xotiraga ega boʻladi. Uyali aloqa versiyasi uchun C1X modemi taklif qilinishi, Apple N1 chipi esa Wi‑Fi 7 qoʻllab-quvvatlashini taʼminlaydi. Kutilishicha, MacBook Neoʻning ikkinchi modeli birinchi modeldagi A18 Pro oʻrniga Apple A19 Pro chipidan foydalanadi.
Shu davrda Apple Apple A20 chipi va kattaroq batareyaga ega standart iPhone 18’ni ham chiqarishi mumkin. Mish-mishlarga koʻra, uning narxi 100 dollarga oshadi. Yangi MacBook Air sunʼiy intellekt vazifalarini qayta ishlash uchun qoʻshimcha imkoniyatlarga ega Apple M7 chipini olishi kutilmoqda.
2027 yilning birinchi yarmida OLED displeyli iPad Air, yangilangan iPad Pro va iPhone Air 2 ham kutilmoqda. Yilning qolgan qismiga Apple Watchʼning yangi avlodi, iPhone 20, aqlli koʻzoynaklar va kamerali AirPods rejalashtirilgan. Bu qurilmalarning chiqarilish muddatlari hozircha aniqlashtirilmagan.
Yana oʻqing

Konsollar narxi yaqin orada pasaymasligining 3 sababi
Gadjetlar26-noyabr, 17:50
Samsung Galaxy Z TriFold2’ning kod nomi va qayerlarda sotuvga chiqishi haqidagi maʼlumotlar sizib chiqdi
Gadjetlar26-noyabr, 17:41


