GitHub GTA 6’ni kompyuterda ishga tushirishga urinishlar fonida AnyPS5 loyihasi haqidagi postni oʻchirib tashladi
GTA 6 chiqishi fonida GitHub 58 000 ta «yulduz» toʻplagan AnyPS5 repozitoriysini qayd etdi va oʻyinlarni boshqa qurilmalarga koʻchirish qonunni buzmasmikan, deb soʻradi. Post oʻchirib tashlandi.

Microsoft kompaniyasiga tegishli platforma dastlab obunachilarni GTA 6 chiqqani va AnyPS5 repozitoriysi 58 000 ta «yulduz» toʻplagani bilan tabrikladi. Postda oʻyinlarni boshqa qurilmalarga koʻchirish qonuniymi, degan savol ham paydo boʻldi.
Postga AnyPS5 ishlab chiquvchisining GTA 6 chiqishiga tayyorgarlik haqidagi xabari aks etgan video ham ilova qilingan. Shu sababli post oʻyinni norasmiy ravishda kompyuterda ishga tushirishga urinishlarni ragʻbatlantirayotgandek koʻrinishi mumkin edi. Hozirda GTA 6 rasman faqat PS5 va Xbox Series X hamda S uchun mavjud.
Take-Two oʻyinni kompyuterga koʻchirishga urinishlar bilan bogʻliq uy sharoitida ishlab chiqilgan (homebrew) loyihalarni GitHubʼdan oʻchirishni talab qilmoqda. Kompaniya, shuningdek, Xbox Series uchun sizib chiqqan buildning qayta tiklanishi va emulyatsiya qilinishi ehtimolini ham kuzatmoqda.
Take-Two rahbari Strauss Zelnick avvalroq kompaniya sunʼiy intellektdan foydalanib amalga oshiriladigan reverse engineeringga qarshi texnik himoya va huquqiy choralarni kuchaytirayotganini aytgan edi. Uning soʻzlariga koʻra, norasmiy versiyalar yanada jiddiy muammoga aylanishi mumkin, biroq kompaniya vaziyat ustidan nazoratni saqlab qolishga umid qilmoqda.





