Olimlar qora tuynuklar paydo boʻlishining yangi mexanizmi ehtimoliy belgilarini aniqladi
LIGO–Virgo–KAGRA tarmogʻi maʼlumotlarini oʻrganish natijasida massiv yulduzlarning sokin kollapsi paytida paydo boʻlgan boʻlishi mumkin boʻlgan qora tuynuklarning alohida guruhiga xos belgilar aniqlandi. Hozircha buning toʻgʻridan-toʻgʻri dalillari yoʻq.

Kaliforniya texnologiya instituti rahbarligidagi olimlar soʻnggi oʻn yil davomida gravitatsion-toʻlqinlar tarmogʻi qayd etgan 257 ta birlashuvdan olingan qora tuynuklar massalarini tahlil qildi. Obyektlarning taxminan toʻrtdan uch qismi massasi Quyosh massasidan qariyb 10 baravar katta edi.
Shu bilan birga, tadqiqotchilar massasi Quyosh massasidan 12–16 baravar katta boʻlgan qora tuynuklar yetishmasligini aniqladi. Massasi Quyosh massasidan qariyb 10 baravar katta obyektlarning aylanish tezliklari diapazoni ham umumiy tanlanmadagi qora tuynuklarnikiga qaraganda torroq boʻlgan.
Kaltech fizika professori Katerina Chatziuannu soʻzlariga koʻra, bu bunday guruhdagi obyektlarning umumiy kelib chiqishiga ishora qilishi mumkin. Ehtimoliy ssenariylardan biriga koʻra, massiv yulduzlar oʻta yangi yulduz sifatida portlamay, toʻgʻridan-toʻgʻri qora tuynuklarga siqilgan. Hozircha bunday oʻta yangi yulduzlarning aniq tasdiqlangan namunalari yoʻq, shu bois mualliflar keyingi tadqiqotlar zarurligini taʼkidlamoqda. Ish Physical Review D jurnalida eʼlon qilindi.
Yana oʻqing

Fiziklar Koinot nega mavjudligini tushuntirishi mumkin boʻlgan ilmiy yutuqda antimateriyani ushladi
Ilm-fan12:28
NASA saraton, mushak atrofiyasi va oʻsimlik yetishtirish boʻyicha tadqiqotlar uchun uskunalarni XKSga yuboradi
Ilm-fan10:19


