«Skolkovo» 2028-yilgacha Toshkentda sunʼiy intellekt markazini ochishni rejalashtirmoqda
«Skolkovo» jamgʻarmasi boshqaruvchi direktori Timur Kornilov Toshkentdagi sunʼiy intellekt markazining yoʻl xaritasi tasdiqlanganini, markazni 2027–2028-yillarda ochish rejalashtirilayotganini maʼlum qildi.

FINOBOD forumida Kornilov sentyabr oyida jamgʻarma Taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishuv imzolaganini aytdi. Tasdiqlangan yoʻl xaritasi Toshkentda markazni ochishga tayyorgarlik koʻrishga oʻtish imkonini beradi.
Avval bu tashabbus Oʻzbekistonda «Skolkovo» filialini tashkil etish, sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyot boʻyicha ekspertlar kengashini tuzish, shuningdek, qoʻshma pilot loyihalar portfelini shakllantirishni oʻz ichiga olgan. Kornilov ishlar natijalari haqida moderator bergan savoldan soʻng markazni ishga tushirish muddatlariga aniqlik kiritdi.
Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi, sanoat, sogʻliqni saqlash va boshqa sohalarda sunʼiy intellektdan foydalanishga oid 60 dan ortiq loyihadan iborat roʻyxat tasdiqlangan. Kornilov talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlar qatorida agrotexnologiyalar, sanoat va energetikani raqamlashtirish, aqlli shahar uchun yechimlar, kiberxavfsizlik hamda taʼlim texnologiyalarini ham sanab oʻtdi.
Kornilovning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekistonda «Skolkovo»ning 3,5 ming rezidentidan qariyb 70 nafari faoliyat yuritmoqda. U bu koʻrsatkichni kichik deb atadi va jamgʻarma uni oshirish ustida ishlashini maʼlum qildi. «Skolkovo»ning oʻzida sunʼiy intellekt markazi faoliyat yuritadi, jamgʻarma esa texnologiyalardan xavfsiz foydalanish hamda ularni biznesda qoʻllash boʻyicha dasturlarni rivojlantirmoqda.
Yana oʻqing

Oʻzbekiston delegatsiyasi Italiyada ekologik baholashda sunʼiy intellektdan foydalanishni oʻrgandi
Oʻzbekistonda SI11:39
AI uchun oʻzbek tili ingliz tilidan 1,55–2,17 baravar qimmatroq
Oʻzbekistonda SI12-noyabr, 18:06


