Samsung Galaxy S28 Pro va Ultraʼda oʻzgaruvchan diafragmani qaytarishi mumkin
Xʼdagi insayderga koʻra, Samsung bu funksiyani Galaxy S28 Pro va S28 Ultraʼga qaytarishi mumkin. S27 Pro va Ultra esa, ehtimol, doimiy diafragma bilan chiqadi.

Xʼdagi insayderning xabar berishicha, Samsung Galaxy S28 Pro va Galaxy S28 Ultra uchun oʻzgaruvchan diafragmani qaytarishni koʻrib chiqmoqda. Rejalar oʻzgarmasa, funksiya kompaniyaning yuqori toifadagi modellarida 2028-yil boshidan oldin paydo boʻlmaydi, Galaxy S27 Pro va S27 Ultra esa doimiy diafragma bilan chiqadi.
Samsung bunday tizimdan 2018-yilda chiqarilgan Galaxy S9 va S9+’ning asosiy kamerasida foydalangan, biroq Galaxy S20 seriyasidan boshlab undan voz kechgan. Avvalroq bu funksiya Galaxy S26 Ultraʼda paydo boʻlishi mumkinligi muhokama qilingan edi, ammo model f/1.4 doimiy diafragmali 200 megapikselli asosiy kameraga ega boʻldi.
Samsung Galaxy S28 seriyasida bu funksiyani aynan qanday joriy qilishi hozircha nomaʼlum: kompaniya Galaxy S9’dagi kabi diafragmaning ikki qiymati bilan cheklanishi yoki bir nechta bosqichni qoʻshishi mumkin. Manba qurilmalar chiqishiga hali bir yildan koʻproq vaqt borligini, shu sababli rejalar oʻzgarishi mumkinligini taʼkidlaydi.
Oʻzgaruvchan diafragma iPhone 18 Pro va iPhone 18 Pro Maxʼda ham paydo boʻldi. Huawei bu funksiyadan Pura 90 Plusʼda foydalangan, Honor esa xabarlarga koʻra, Magic9 seriyasida undan voz kechganidan keyin funksiyani Magic10 seriyasiga qaytarmoqchi.
Yana oʻqing

Konsollar narxi yaqin orada pasaymasligining 3 sababi
Gadjetlar26-noyabr, 17:50
Samsung Galaxy Z TriFold2’ning kod nomi va qayerlarda sotuvga chiqishi haqidagi maʼlumotlar sizib chiqdi
Gadjetlar26-noyabr, 17:41


