PDFdan dasturiy kodgacha: Google Gemini hujjatlar va jadvallarni bevosita chatning oʻzida tahrirlash imkoniyatiga ega boʻldi
Geminiʼda kontentning bir qismini belgilab, u haqida soʻrash va sunʼiy intellektdan unga oʻzgartirish kiritishni soʻrash mumkin — masalan, jadvalni grafikaga aylantirish.

ixbt.com — ИИ ChatGPT
Google Geminiʼga hujjatlar, jadvallar, taqdimotlar, PDF-fayllar, matnli fayllar va dasturiy kod bilan ishlash imkoniyatini qoʻshdi. Ularni toʻliq ekran rejimida ochish mumkin: oʻzgartirishlarni foydalanuvchi oʻzi kiritishi yoki neyrotarmoqqa topshirishi mumkin.
Yangilik Gemini ilovasi qoʻllab-quvvatlaydigan tillardagi barcha foydalanuvchilar uchun mavjud. PDF-fayllarni brauzerda va mobil qurilmalarda tahrirlash mumkin, Google Docs, Google Sheets, taqdimotlar, Markdown, TXT va kodni esa hozircha faqat veb-versiyada oʻzgartirish mumkin.
Yana oʻqing

MWS AI ofis vazifalarini avtomatlashtirish uchun agentni taqdim etdi
Modellar va mahsulotlar15:11
