Cargo Dragon XKSdan ajralgach, Tinch okeaniga qoʻndi
Cargo Dragon XKSdan ajralib, Kaliforniya sohillari yaqinida okeanga qoʻndi va Yerga qariyb 1,6 tonna tajriba natijalarini olib keldi.

Orbitadan tushgan kemaning kapsulasi parashyut tizimi yordamida shanba kuni AQSh Tinch okeani sohillari vaqti bilan 14:05 da, Moskva vaqti bilan esa yakshanba kuni 01:05 da yumshoq qoʻndi. Qoʻnish Los-Anjeles yaqinida yuz berdi. Kapsulani qoʻnish hududida turgan SpaceX qutqaruv kemasi bortiga koʻtaradi.
Cargo Dragon Xalqaro kosmik stansiya ekipaji orbitada oʻtkazgan tajribalar natijalarini qaytardi. Ularning umumiy ogʻirligi qariyb 1,6 tonnani tashkil etdi. CRS-35 missiyasi doirasida qayta foydalaniladigan yuk kemasi 15-oktabrda stansiyaga tutashib, oʻnlab ilmiy tajribalar uchun 2,3 tonna oziq-ovqat, uskuna va materiallarni yetkazgan. U XKSda bir oydan koʻproq vaqt boʻldi.
Cargo Dragon — XKSni taʼminlovchi, yuklarni okeanga qoʻndirish orqali Yerga qaytara oladigan yagona kema. 2012-yil oktabridan 2026-yil oktabrigacha SpaceX bunday kemalarni stansiyaga 35 marta uchirdi. Ulardan biri — 2015-yildagisi — Falcon 9 raketa-tashuvchisidagi avariya sabab muvaffaqiyatsiz yakunlangan.
Yana oʻqing

Fiziklar Koinot nega mavjudligini tushuntirishi mumkin boʻlgan ilmiy yutuqda antimateriyani ushladi
Ilm-fan12:28
NASA saraton, mushak atrofiyasi va oʻsimlik yetishtirish boʻyicha tadqiqotlar uchun uskunalarni XKSga yuboradi
Ilm-fan10:19


