Ilon Maskning AI uchun millionta sunʼiy yoʻldosh uchirish rejasi maʼqullandi
AQSh FCCsi Ilon Maskning SpaceX kompaniyasiga kosmik maʼlumot markazlari uchun bir milliontagacha sunʼiy yoʻldosh uchirishga ruxsat berdi. Dastlabkilari 2027-yil oxirida orbitaga chiqariladi.

AQSh Federal aloqa komissiyasi SpaceXning Starmind loyihasini maʼqulladi. U Yer tashqarisida AI uchun hisoblash quvvatlarini yaratishni koʻzda tutadi. Sunʼiy yoʻldoshlar maʼlumot uzatish uchun bir-biridan uncha uzoq boʻlmagan masofada joylashtiriladi, Yer bilan aloqani esa allaqachon ishlayotgan Starlink apparatlari taʼminlaydi.
Nvidia loyiha uchun kosmosda ishlashga moʻljallangan soʻnggi avlod protsessorlarini taqdim etishi kerak. Kompaniya rejasiga koʻra, sunʼiy yoʻldoshlar quyosh energiyasidan foydalanadi. Maskning fikricha, AIʼning elektr energiyasiga oʻsib borayotgan talabini Yerda odamlar va atrof-muhit uchun salbiy oqibatlarsiz qondirish qiyin.
FCC bu ruxsatni AI sohasidagi poyga sharoitidagi ilk tarixiy qadam deb atadi. Google Suncatcher loyihasi, Jeff Bezosning Blue Origin kompaniyasi esa komissiyaga topshirgan Project Sunrise arizasi orqali kosmik maʼlumot markazlari ustida ishlamoqda. Google hisob-kitoblariga koʻra, mos quyosh-sinxron orbitada panellar Yerdagiga qaraganda sakkiz baravar koʻproq energiya ishlab chiqarishi mumkin.





