Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Payshanba, 12-noyabr 2026-yil
SI yangiliklari
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Biznes va pul

Apex Bankda boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi yangi shaxs tayinlandi

Apex Bankda Sherzod Majitov boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. U bankda 2025-yil noyabridan beri faoliyat yuritadi.

11-noyabr, 11:46По-русски

Read in English

Apex Bank

Sherzod Majitov Apex Bank boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari lavozimida Timur Imirsaliyev qolmoqda.

Olga Numanova 2025-yil dekabrida InFinBankdan oʻtganidan soʻng Apex Bankka rahbarlik qila boshlagan. U InFinBankda 2024-yil yanvaridan beri boshqaruv raisi boʻlgan. Numanova Apex Bankni qariyb 11 oy boshqargan. Undan avval bankni tayinlanganidan yetti oy oʻtib lavozimini tark etgan Sergey Gimadiyev boshqargan.

Sharof Ikramov 2024-yil kuzida Apex Bank rahbariyatiga boshqaruv raisi oʻrinbosari sifatida qoʻshilgan. Numanova va Ikramovning vakolatlari tugatilgach, ular bankning affillangan shaxslari roʻyxatidan chiqarildi.

2026-yil 1-oktabr holatiga koʻra, Apex Bank aktivlari 6,15 trln soʻmni tashkil etgan. Kredit portfeli 3,6 trln soʻmga, depozit portfeli esa 4,19 trln soʻmga yetgan. Bank 2026-yil yanvar–sentyabr oylarida 179 mlrd soʻm sof foyda olgan, 2025-yilning shu davrida esa 52,2 mlrd soʻm zarar qayd etilgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media