Huawei tashqi kamerani qoʻllab-quvvatlaydigan buklama smartfonini taqdim etadi
Huawei buklama Mate X8 smartfonini 24-noyabr kuni Xitoyda taqdim etadi. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Collectorʼs Edition maxsus versiyasi Ruiying Z10 tashqi kamerasini qoʻllab-quvvatlaydi.

Ishlab chiqaruvchi bir kun avval qurilmaning tashqi koʻrinishini ilk bor namoyish etdi. Mate X8 korpus ichiga yigʻiladigan ekranli buklama konstruksiyasini saqlab qoladi. Tashqi panelga asosiy kamera uchun dumaloq blok joylashtiriladi, selfi kameralari esa har ikki displeydagi teshiklarga oʻrnatiladi.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, smartfon standart versiyada va Collectorʼs Edition koʻrinishida chiqadi. Aytishlaricha, ikkinchi versiya Ruiying Z10 tashqi kamerasi bilan mos keladi va bu kamera mazkur modifikatsiya uchun eksklyuziv aksessuarga aylanishi mumkin. Oddiy versiyaga 12 GB tezkor xotira va 256 yoki 512 GB sigʻimli xotira nisbat berilmoqda. Collectorʼs Edition esa 16 GB tezkor xotira hamda 512 GB yoki 1 TB flesh-xotirali variantlarda chiqishi mumkin.
Taxminlarga koʻra, tashqi ekran diagonali 6,5 dyuym, ichki ekran diagonali esa 8,15 dyuym boʻladi. Shuningdek, qurilmaga sigʻimi kamida 6000 mA·soat boʻlgan akkumulyator, oʻzgaruvchan diafragmali 50 megapikselli asosiy kamera, 50 megapikselli periskopik teleobyektiv hamda ekran mazmunini begona nigohlardan himoyalovchi Privacy Display funksiyasi nisbat berilmoqda.
Yana oʻqing

Konsollar narxi yaqin orada pasaymasligining 3 sababi
Gadjetlar26-noyabr, 17:50
Samsung Galaxy Z TriFold2’ning kod nomi va qayerlarda sotuvga chiqishi haqidagi maʼlumotlar sizib chiqdi
Gadjetlar26-noyabr, 17:41


