Crimson Desert Koreya mukofotida 8 ta nominatsiyaning barchasida gʻolib boʻldi
Pearl Abyss oʻyini 2026-yilgi Koreya oʻyin mukofotining sakkiz nominatsiyasida, jumladan prezidentning «Yil oʻyini» mukofotida gʻolib boʻldi.

Pearl Abyss shuningdek, eng yaxshi global oʻyin, geymdizayn, ovoz, personajlar dizayni va grafika uchun mukofotlar oldi. Eng yaxshi ishlab chiquvchi mukofoti oʻyinning yetakchi ishlab chiquvchisi Cho Hyon Yunga berildi, eng yaxshi ovoz aktyori deb esa Kliffning koreyscha ovozi Li Je Hyon topildi.
Oʻyinchilar raqiblar orasida koʻplab mobil va gacha-oʻyinlar, shuningdek, mahalliy bozor uchun yaratilgan bir nechta indi-loyihalar borligini qayd etdi. Shunga qaramay, gʻalaba kafolatlanmagan edi: Stellar Blade chiqqan yili bosh mukofot mobil oʻyinga berilgandi. Ovoz aktyorligi nominatsiyasidagi gʻolib tanlovi Kliff replikalarining kamligi sabab alohida bahslarga sabab boʻldi.
The Game Awardsʼda Crimson Desert faqat oʻyinchilarni eng yaxshi qoʻllab-quvvatlash nominatsiyasini oldi. U yerda gʻoliblarni 100 dan ortiq xalqaro nashrlar vakillaridan iborat hayʼat tanlaydi: hayʼat ovozlari 90 foiz, auditoriya ovozlari esa 10 foizni tashkil etadi. Oʻyinchilar undagi mashgʻulotlar xilma-xilligi va relizdan keyingi qoʻllab-quvvatlashni, jumladan yangi qiyinchilik darajalari hamda bosslar bilan takroriy janglarni alohida maqtamoqda. Kamchiliklar qatorida ular yoritish, suv, zarracha effektlari va oddiy PS5’dagi unumdorlikni tilga olmoqda.





