Fable 5.2 sakkiz soatda bitta prompt orqali noldan shooter oʻyinini yaratdi
Ishlab chiquvchi Feliks Rizeberg Fable 5.2’ni bitta prompt bilan sinab koʻrdi: model batafsil grafikali kichik shooter oʻyinini yaratdi. Oʻyinni onlayn sinab koʻrish mumkin.

Fable 5.2 keyingi koʻrsatmalar va inson aralashuvisiz noldan kichik birinchi shaxs koʻrinishidagi shooter oʻyinini yaratdi. Tajribani ishlab chiquvchi Feliks Rizeberg oʻtkazdi.
Model oʻyin resurslarini — obyektlarning 3D modellari, teksturalar va ovoz effektlarini — mustaqil tayyorladi hamda toʻlaqonli lokatsiyani yaratdi. Ishga taxminan sakkiz soat ketdi.
Rizebergning baholashicha, APIʼdan foydalanilganda tajriba taxminan $550 turdi. Shu vaqt ichida model qariyb 2,7 mln ta chiqish tokenini generatsiya qildi va 445 mln ta kirish tokenini qayta ishladi. Kirish maʼlumotlarining katta qismi keshlash orqali taʼminlandi.
Soʻrov kichik, ammo taʼsirchan FPS — grafikasi imkon qadar batafsil va fotorealistik boʻlib, yirik tijoriy oʻyinlarning vizual sifati bilan raqobatlasha oladigan oʻyin yaratish haqidagi iltimosdan iborat edi. Natijani onlayn sinab koʻrish mumkin.
Yana oʻqing

Microsoft modellarni uy oʻyin kompyuterlarida oʻqitishni taklif qilmoqda
Modellar va mahsulotlar16:08
ByteDance Meta Muse bilan raqobatlashish uchun AI-agent ishlab chiqarmoqda
Modellar va mahsulotlar15:37


