Yangi iPhone ekrani qanday shikastlanadi
Videoda buklanadigan iPhone Duo qismlarga ajratilayotganda uning ichki displeyi shikastlangan payt koʻrsatilgan. Texnobloger Zak Nelson bu nuqsonni panelga bosim oʻtkazishi mumkin boʻlgan sharnir detaliga bogʻladi.

Qismlarga ajratish jarayonida Nelson muammo keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan elementni Pixel Pincher 9000 deb atadi. Bu egiluvchan panel ortida joylashgan sharnir mexanizmining kichik detalidir. Muayyan sharoitlarda u displeyga ichki tomondan bosim oʻtkazishi mumkin.
Bunday taʼsir yashil chiziqlar, piksel nuqsonlari va ichki ekran buzilishiga olib kelishi mumkin. Tarqalgan xabarlarga koʻra, shunga oʻxshash muammolar hatto yangi qurilmalarda ham yuzaga kelmoqda. Smartfonning IP68 darajasidagi himoyasi koʻrsatilganiga qaramay, sharnir ichiga kirib qolgan chang va qum ham qoʻshimcha xavf omili sifatida tilga olinmoqda.
Boshqa qismlarga ajratish jarayonlarida mutaxassislar tayanch plankasi yoki sharnir yoʻnaltirgichiga eʼtibor qaratgan: ular bukilish chizigʻi boʻylab ortiqcha bosim hosil qilishi mumkin. Egalari dastlabki shikastlanishlar haqida sotuvlar boshlanganidan deyarli darhol xabar bera boshlagan — ichki displeyda yorqin chiziqlar xarid qilingan kunning oʻzidayoq paydo boʻlgan. Shuningdek, bukilish joyida koʻzga tashlanadigan burma aks etgan suratlar ham eʼlon qilingan.
iFixit mutaxassislari qismlarga ajratishdan soʻng sharnirning uch oʻlchamli modelini yaratdi. Ularning taxminicha, markaziy tayanch plankasi qurilma buklanganda yetarlicha erkin chekinmasligi va displeyga bosim oʻtkazishi mumkin, egri yoʻnaltirgichlar esa panelga tegib qolishi ehtimol.
Yana oʻqing

Konsollar narxi yaqin orada pasaymasligining 3 sababi
Gadjetlar26-noyabr, 17:50
Samsung Galaxy Z TriFold2’ning kod nomi va qayerlarda sotuvga chiqishi haqidagi maʼlumotlar sizib chiqdi
Gadjetlar26-noyabr, 17:41


