Huawei 16:9,5 ekranli va 7000 mA·soat batareyali OSTA O1 Proʻni taqdim etdi
Huawei 16:9,5 ekran, Kirin 9030S chipi, 200 MP kamera va 7000 mA·soat akkumulyatorli OSTA O1 Pro smartfonini taqdim etdi. Narxi hozircha nomaʼlum.

Taqdimot 20 noyabr kuni HarmonyOS Smart Travel V8 tadbirida boʻlib oʻtdi. Smartfon 1,5K aniqlikdagi tekis 6,39 dyuymli LTPS displey bilan jihozlangan. Toʻrt tomonidagi ramkalar kengligi 1,05 mm, ekran esa old panel yuzasining 96,1 foizini egallaydi.
Asosiy kamera 1/1,28 dyuymli optik formatga ega 200 MP sensor va RYYB texnologiyasidan foydalanadi. Kamera tarkibiga, shuningdek, 3,7 karra optik kattalashtirishga ega 50 MP periskopik teleobyektiv hamda qoʻshimcha Red Maple obyektivi kiradi. 7000 mA·soat sigʻimli akkumulyator 66 Vt quvvatli simli va simsiz quvvatlashni qoʻllab-quvvatlaydi.
Qurilma korpusining qalinligi 6,68 mm, ogʻirligi esa 200 g. Barmoq izi skaneri yon qirrasiga joylashtirilgan. Xaridorlarga smartfon “Yulduz portlashi” binafsha, “Tumanlik” oq va “Yulduzli” qora ranglarda taklif etiladi. 12 GB tezkor xotira va 256 yoki 512 GB doimiy xotirali, shuningdek, 16 GB tezkor xotira va 512 GB yoki 1 TB doimiy xotirali konfiguratsiyalar mavjud.
Yana oʻqing

Konsollar narxi yaqin orada pasaymasligining 3 sababi
Gadjetlar26-noyabr, 17:50
Samsung Galaxy Z TriFold2’ning kod nomi va qayerlarda sotuvga chiqishi haqidagi maʼlumotlar sizib chiqdi
Gadjetlar26-noyabr, 17:41


