AMD jahon GPU rekordini oʻrnatdi: Radeon RX 9060 XT 4,837 GHz gacha tezlatildi
AMD GPU chastotasi boʻyicha yangi jahon rekordini oʻrnatdi: Radeon RX 9060 XT Ostindagi Micro Center doʻkonida 4,837 GHz gacha tezlatildi.

Tajribada AMDning katta vitse-prezidenti va bosh menejeri Jek Hyun, ishqibozlar va overklokerlar, jumladan Bill Alverson hamda avvalgi rekordchi Splave qatnashdi. Videokartani sovitish uchun suyuq azot ishlatildi.
GPU-Z skrinshotiga koʻra, overkloking vaqtida grafik protsessor harorati −49 °C, kuchlanish esa 1,434 V boʻlgan. Tajriba mualliflarining taʼkidlashicha, bu isteʼmolchilar uchun moʻljallangan videokartada qayd etilgan eng yuqori chastotadir.
Avvalgi rekordni xuddi shu Radeon RX 9060 XTʼda Splave oʻrnatgan: u 4,769 GHz natijaga erishgan. Yangi natija undan 68 MHz yuqori boʻldi.
Yana oʻqing

Konsollar narxi yaqin orada pasaymasligining 3 sababi
Gadjetlar26-noyabr, 17:50
Samsung Galaxy Z TriFold2’ning kod nomi va qayerlarda sotuvga chiqishi haqidagi maʼlumotlar sizib chiqdi
Gadjetlar26-noyabr, 17:41


