Meta dasturlash uchun sunʼiy intellekt ishlab chiquvchi Conductor startapini sotib oldi
Meta kod ustida SI-agentlarning parallel ishlashi uchun platforma yaratgan Conductor startapini sotib oldi. Asosiy funksiyalar kelasi yil boshigacha ishlaydi, bulut xizmati esa 20 noyabrda yopiladi.

Meta Conductorʼni sotib olganini tasdiqladi, biroq bitim shartlari va boshqa tafsilotlarni oshkor qilmadi. Startap dasturiy loyihalar ustidagi ishlarni alohida ish maydonlarida ishlaydigan bir nechta SI-agent oʻrtasida taqsimlaydigan platformani ishlab chiqadi.
Conductorʼga 2024 yilda Charli Xolts asos solgan. Uning aytishicha, kompaniya kelasi yil boshiga qadar mijozlar uchun yangi yechim tayyorlamoqda, xizmatning asosiy funksiyalari esa shu vaqtgacha avvalgidek ishlashda davom etadi.
Bundan bulut xizmati mustasno: u 20 noyabrda oʻchiriladi, shundan keyin foydalanuvchilarning bulutdagi maʼlumotlari oʻchirila boshlaydi. Conductor agentlar jamoalarini bulutda, lokal tarzda yoki telefon orqali ishga tushirish mumkin. Ular dasturchilarga bitta loyihaning alohida qismlari ustida bir vaqtning oʻzida ishlashga yordam beradi. Platformada ishlatiladigan agentlar Anthropic va OpenAI kabi yirik SI-laboratoriyalar tomonidan yaratilgan.
Xolts, shuningdek, Metaʼning SI boʻyicha bosh direktori Aleksandr Vang va Superintelligence Labs mahsulot rahbari Nat Fridman bilan ishlashga umid qilayotganini aytdi. Avgust oyida Meta dasturlash uchun oʻzining Muse Code agentini ishga tushirdi. Kompaniya yangi Muse-agentlaridan foydalanuvchilar soni 10 mln dan oshganini ham maʼlum qildi.
Yana oʻqing

Uztelecom operator aloqa kompaniyasidan raqamli ekotizimga qanday aylanayotganini maʼlum qildi
Biznes va pul13:20
ElevenLabs AI-agentlarni savdo, yollash va ichki jarayonlarga joriy qilmoqda
Biznes va pul10:12


