Flipper One — Ethernet va Wi-Fi 6Eʼga ega choʻntak Linux-kompyuteri
Flipper Devices Kickstarterʼda kampaniya boshladi: Flipper Oneʼni 399 dollarga buyurtma qilish mumkin, xaridorlarga joʻnatishni esa 2027-yil iyulida boshlash kutilmoqda.

Flipper One — Linux bazasida ishlaydigan choʻntak kompyuteri boʻlib, kompaniya uni yuqori unumli hisoblash va IP-tarmoqlar bilan ishlash uchun moʻljallangan koʻp funksiyali vosita sifatida taqdim etmoqda. Bu alohida mahsulot boʻlib, Flipper Zeroʻning vorisi hisoblanmaydi.
Qurilma NPU va GPUʼga ega sakkiz yadroli RK3576 ARM-protsessori bilan jihozlangan. Interfeyslar qatoridan ikkita gigabit Ethernet porti, PCIe, SATA va USB 3.0, shuningdek, Wi-Fi 6E qoʻllab-quvvatlashi oʻrin olgan. M.2 uyasiga turli modullarni, jumladan, 5G-modem va mesh-tarmoqlar uchun LoRa radio modulini oʻrnatish mumkin.
Flipper One ochiq proshivkaga ega Debian Linux bazasidagi Flipper OS operatsion tizimida ishlaydi. Foydalanuvchilar qurilma uchun oʻz ilovalari va vositalarini ishlab chiqishlari mumkin boʻladi. Kompyuterni USB-C yoki HDMI orqali tashqi displeyga ulash mumkin; kompaniya undan tarmoqlarni diagnostika qilish va televizorda media kontentni namoyish etish uchun foydalanish imkoniyatini ham koʻrib chiqmoqda.
Yana oʻqing

Konsollar narxi yaqin orada pasaymasligining 3 sababi
Gadjetlar26-noyabr, 17:50
Samsung Galaxy Z TriFold2’ning kod nomi va qayerlarda sotuvga chiqishi haqidagi maʼlumotlar sizib chiqdi
Gadjetlar26-noyabr, 17:41


