Saudi Aramco AI texnologiyalarini rivojlantirayotgan Humain davlat kompaniyasining 49 foiz ulushini sotib oldi
Saudiya Arabistonidagi davlat kompaniyasi Humainning minoritar ulushi Saudi Aramco tasarrufiga oʻtdi. AI ishlanmalari uchun tashkil etilgan Humain bilan tuzilgan bitim doirasida energetika giganti AI va hisoblash texnologiyalari bilan bogʻliq aktivlarni Humainʼga oʻtkazdi hamda taxminan 9,9 milliard rial (2,6 milliard dollar) yoʻnaltiradi.

Aramco kompaniyasining Humainʼdagi ulushi 49 foizni tashkil etdi; qolgan 51 foiz hanuz suveren jamgʻarma — Pacific Investment Fund (PIF)ga tegishli. Humain Saudiya Arabistonida AI texnologiyalarini rivojlantirish uchun 2025 yilda tashkil etilgan.
Moliyalashtirish Humain kengayishini tezlashtirishi va kompaniyani AI sohasida mintaqaviy yetakchi maqomiga yaqinlashtirishi kutilmoqda. Aramco Humain ishlanmalarini oʻzining operatsion faoliyatida qoʻllashni rejalashtirmoqda.
2030 yilgacha Humain Saudiya Arabistonida jami quvvati qariyb 3 GVt boʻlgan maʼlumotlarni qayta ishlash markazlarini tashkil etmoqchi. Bundan tashqari, kompaniya bulutli platformalar, katta til modellari va AI asosidagi boshqa yechimlarni ishlab chiqmoqda.
