Devid Ellison: SI zamonaviy tarixdagi eng yirik ijodiy yutuq boʻlishi mumkin
Paramount Skydance bosh direktori Devid Ellisonning fikricha, SI kinoga CGIʼdan kuchliroq taʼsir qilishi mumkin, ammo rassomlarni almashtirmaydi.

Ellisonning aytishicha, sunʼiy intellekt Paramount Skydance biznesini sezilarli darajada oʻzgartirishi mumkin. Uning soʻzlariga koʻra, kompaniya oʻz SI vositalarini ishlab chiqmoqda: ular kontent ishlab chiqarish va loyihalarni amalga oshirishni tezlashtirishi, shuningdek, ish jarayonlarini oʻzgartirishi kerak.
Bosh direktor «Terminator» filmini misol qilib keltirdi: film 4 mln dollar turgan, Ellisonning baholashicha, uni bugun ishlab chiqarish 60–70 mln dollarga tushgan boʻlardi. Uning taxminicha, SI byudjetlarni yanada maqbul darajaga keltirishga yordam beradi va studiyaga original hikoyalarni yaratishda koʻproq tavakkal qilish imkonini beradi.
Shu bilan birga, Ellison SI rolining ortishi premium franshizalar va jonli tadbirlarning qadrini oshiradi, deb hisoblaydi. U, shuningdek, past sifatli kontent ommalashgan bir paytda puxta yaratilgan hikoyalarga talab saqlanib qolishini, SI esa rassomlarni almashtirmaydigan, ular foydalanadigan vosita boʻlib qolishini aytdi.
Yana oʻqing

Fractile AI chiplari ishlab chiqish uchun $720 mln jalb qildi
Biznes va pul15:48
Ilon Mask Germaniyaning Singulus kompaniyasidan Starmind uchun €60 mlnlik elementlar buyurtma qildi
Biznes va pul13:39


