The Sims yaratuvchisi xotiralardan kontent ajratib olish uchun sunʼiy intellektdan foydalanadi
The Sims yaratuvchisi Uill Rayt kelasi yil MyMems oʻyinini tayyorlamoqda: sunʼiy intellekt oʻyinchilarning xotiralarini personajlar va oʻyin olamlariga aylantiradi.

MyMems loyihasini Artificial Agency bilan hamkorlikda Gallium Studios studiyasi ishlab chiqmoqda. Oʻyin xotiralar tavsiflaridan umumiy mavzularni ajratib olib, alohida oʻyin zonalarini yaratadi — masalan, sport, sayohatlar, jarohatlar yoki oʻlimga bagʻishlangan zonalarni. Oʻyinchilar, shuningdek, qarindoshlari, doʻstlari va hamkasblari bilan baham koʻrilgan umumiy xotiralar asosida olamlar yaratishlari mumkin boʻladi.
Yaratilgan raqamli insonlar jumboqlarni yechish uchun jamoalarga birlasha oladi. Raytning tushuntirishicha, loyiha The Simsʼda ilgari aks ettirib boʻlmagan shaxsiy tajriba va xulq-atvor xususiyatlarini hisobga olishi kerak. Bu gʻoya 2018 yilda eʼlon qilingan Proxi mobil oʻyinidan kelib chiqqan, biroq 2024 yil oxirida moliyalashtirish yetishmagach, uning ishlab chiqilishi ommaviy qisqartirishlarga duch kelgan.
Artificial Agency oʻzining tadqiqot tizimini ishlab chiqish oʻrniga tayyor sunʼiy intellekt vositalarini taqdim etadi. Kompaniya bayonotiga koʻra, MemDNA texnologiyasi xotiralar asosida foydalanuvchining shaxsiy xulq-atvor modelini va bilimlar grafigini shakllantiradi; maʼlumotlar lokal tarzda va faqat foydalanuvchining ruxsati bilan qayta ishlanadi.





