Claude Epic Games rahbari Tim Sweeneyning akkauntini blokladi
Epic Games rahbari Tim Sweeney Claude uning toʻplamlar nazariyasi boʻyicha ishini bloklagani va uni distillatsiya qilganlikda ayblaganini maʼlum qildi.

Sweeney promptlar tuzish uchun Claudeʼning korporativ akkauntidan kuniga 1–2 soat foydalanganini aytdi. Akkaunti bloklanganidan soʻng u Anthropic modelini keskin tanqid qilib, kompaniyani mijozlar ishiga sabotaj qilishda aybladi.
Anthropic avvalroq Claude filtrlari bir neyron tarmoqni boshqasining javoblari asosida oʻqitish — distillatsiyadan himoya qilishini maʼlum qilgan edi. Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, bunday tizimlar zararsiz soʻrovlarning 0,1 foizidan kamini bloklaydi. Sweeney dasturlash tillarini ishlab chiqish bilan shugʻullangani uchun ishida matematikadagi toʻplamlar nazariyasidan foydalangan.





