Yangi Xbox oʻyin konsoli sifatida yaratilgan, PC oʻyinlarini ham ishga tushira oladi
Microsoft yangi Xbox Helix foydalanuvchilarning PC kutubxonasidagi oʻyinlarni ishga tushira olishini, konsol interfeysi esa saqlanishini maʼlum qildi.

Microsoft Helix kod nomi berilgan yangi Xbox konsoli PC oʻyinlarini ishga tushira olishini maʼlum qildi. Kompaniya hozircha qaysi doʻkonlar va kutubxonalar qoʻllab-quvvatlanishini ochiqlamadi.
Xboxʼning yangi avlod konsollarini ishlab chiqish boʻyicha vitse-prezidenti Jeyson Ronald qurilmani konsol oʻyinlarini ishga tushiradigan PC emas, aynan oʻyin konsoli sifatida taʼrifladi. Uning soʻzlariga koʻra, interfeys oʻyinlarga yoʻnaltirilgan holda qoladi va ortiqcha sozlamalarni talab qilmaydi.
Helix Xboxʼning toʻrt avlodiga moʻljallangan oʻyinlarni ham qoʻllab-quvvatlashi kutilmoqda. Eski oʻyinlar uchun bulut orqali ishga tushirish yoki emulyatsiyadan foydalanilishi mumkin. PC oʻyinlarining ishlashi, jumladan Steam qoʻllab-quvvatlanishi haqida hozircha tafsilotlar yoʻq; bunday variantlar avval internetda mish-mish sifatida muhokama qilingan.
Yana oʻqing

Konsollar narxi yaqin orada pasaymasligining 3 sababi
Gadjetlar26-noyabr, 17:50
Samsung Galaxy Z TriFold2’ning kod nomi va qayerlarda sotuvga chiqishi haqidagi maʼlumotlar sizib chiqdi
Gadjetlar26-noyabr, 17:41


