Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar. Fan. Avto.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sunʼiy intellekt

Anthropic matematigi Claude unga Riman gipotezasini isbotlashda yordam berganini aytdi

Tadqiqotchining taʼkidlashicha, u Claude bilan birga matematikaning eng buyuk jumboqlaridan birini yechgan, biroq isbot hali mustaqil ravishda tekshirilishi kerak.

21-noyabr, 20:32По-русски

Read in English

ixbt.com

Anthropic kompaniyasida ishlaydigan matematik Levent Alpöge sunʼiy intellekt modeli Claude yordamida Riman gipotezasini isbotlashga muvaffaq boʻlganini aytdi. Bu 1859-yilda ilgari surilgan, tub sonlarning taqsimlanishi bilan bogʻliq fundamental matematik masaladir. Gipoteza mingyillikning yetti masalasi roʻyxatiga kiradi va ularning har birini yechganlik uchun 1 mln dollar mukofot belgilangan. Tadqiqotchining soʻzlariga koʻra, taklif etilgan usul umumlashgan Riman gipotezasiga ham tatbiq etilishi mumkin.

Toʻrt sahifalik hujjatda Alpöge ish jarayonini tasvirlab, yakuniy bosqichda Claude undan ancha ilgarilab ketganini aytdi: model uzunligi X ning kvadrat ildizi tartibida boʻlgan teta-koʻtarilishlari zanjiridan foydalanishni taklif qilgan. Bu yondashuv isbotning asosiy elementlaridan biriga aylandi. Yechim ustidagi ishlar 2026-yil oktabridan noyabrigacha olib borilgan.

Matematik toʻliq ilmiy maqola oʻrniga isbotni matematik tasdiqlarni kompyuter orqali tekshirish tizimi boʻlgan Lean tilida formalizatsiya qilib eʼlon qildi. Arxiv 14 qismdan iborat, 239 MB hajmni egallaydi va qariyb 175 mingta faylni oʻz ichiga oladi. Alpögening soʻzlariga koʻra, tayyorlangan matnli variant 250 ming sahifadan oshib ketgan. Shu bois u isbotni oʻrganib chiqish, uni soddalashtirish va keyinroq toʻliq bayonini eʼlon qilish niyatida.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Dastlabki texnik tekshiruvlar kodning katta qismi muvaffaqiyatli kompilyatsiya qilinganini tasdiqladi, biroq bu isbotning oʻzi toʻgʻriligini hali kafolatlamaydi. Matematiklar ishni oʻrganishda davom etmoqda, shuningdek, uning formalizatsiyasiga nisbatan tanqidiy fikrlar ham bildirildi.

Shunday qilib, Riman gipotezasi hozircha yechilmagan masala maqomini saqlab qolmoqda. Alpögening bayonoti matematikada sunʼiy intellektni rivojlantirish uchun muhim voqeaga aylanishi mumkin, ammo tasdiqlangan yechim haqida gapirishga hali erta.