Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar. Fan. Avto.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Gadjetlar

Honor 8000 mA·soatlik batareyaga ega Magic 9 Pro Maxʼning global sotuvlarini boshladi

Honor flagman Magic 9 Pro Maxʼning global sotuvlarini boshladi: birinchi xorijiy mamlakat Malayziya boʻldi, Yevropada esa smartfon faqat yanvar oyida kutilmoqda.

25-noyabr, 17:24По-русски

Read in English

ixbt.com

Xalqaro versiya 8000 mA·soat sigʻimli batareyaga ega — bu Xitoy versiyasidagidan 800 mA·soat kam. Qurilma 12/256 GB, 12/512 GB va 16 GB/1 TB konfiguratsiyalarida, shuningdek qora, kumushrang va yashil korpuslarda taqdim etiladi.

Malayziyada oldindan buyurtmalar 24 noyabrdan 3 dekabrgacha qabul qilinadi. U yerda faqat 12 GB tezkor va 512 GB ichki xotiraga ega versiya $1460 ga sotiladi. Xaridorlarga har biri taxminan $73 boʻlgan chegirma va kupon, Harman Kardon Aura Studio 5 kolonkasi hamda magnitli gʻilof taqdim etiladi. Bundan tashqari, 5 TB xotiraga ega Google AI Pro xizmatidan uch oy foydalanish, shikastlanishdan bir yillik sugʻurta, uzaytirilgan kafolat hamda akkumulyatorni almashtirishni oʻz ichiga olgan ikki yillik servis xizmati koʻzda tutilgan.

Smartfon Snapdragon 8 Elite Extreme Gen 6 protsessori, ikkita 200 megapikselli sensor va 120 Gts yangilanish chastotasiga ega, 2868 × 1320 piksel aniqlikdagi 6,8 dyuymli OLED-ekran bilan jihozlangan. Qurilma 100 Vt quvvatli simli, 80 Vt simsiz va 27 Vt quvvatli teskari simli quvvatlashni qoʻllab-quvvatlaydi. Avvalroq Digital Chat Station insayderi Honor Magic 9 turkumining Xitoydagi savdolari 500 mingdan ortiq qurilmani tashkil etgani haqida xabar bergan edi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media