Cerebras aksiyalari hisobot va Microsoft bitimidan soʻng 13% oʻsdi
Cerebras kutilganidan yuqori tushum haqida hisobot berdi va Microsoft bilan kelishuvni maʼlum qildi. Shundan soʻng aksiyalari kengaytirilgan savdolarda 13% oʻsdi.

Cerebras Systems asosiy tushumi $230,9 mln boʻlganini qayd etdi — LSEG tahlilchilari kutgan $214,7 mln ga nisbatan yuqori. Koʻrsatkich yillik hisobda 70% ga oshdi, biroq bundan oldingi chorakda oʻsish surʼati 103% ni tashkil etgan.
Kompaniya, shuningdek, oktabr oyida imzolangan Microsoft bilan kelishuv haqida maʼlum qildi. Cerebras Systems bosh direktori Endryu Feldmanning soʻzlariga koʻra, ushbu bitimdan tushadigan daromad 2027 yilning birinchi choragida aks eta boshlaydi. Avvalroq Cerebras boshqa yirik bulutli xizmat provayderlari — Amazon va Oracle bilan ham kelishuvlar tuzgan.
Kompaniya kelgusi chorak uchun tushumini $310 mln dan $330 mln gacha boʻlishini prognoz qilmoqda. Cerebras 2027 yilda tushumi uch baravar koʻpayishini kutmoqda. Oʻsib borayotgan talabni qondirish uchun kompaniya moliyalashtirish jalb qilish variantlarini baholamoqda, deya qayd etdi Feldman.
Yana oʻqing

Bain Capital koʻchmas mulk boʻlimi rahbari fond strategiyasini tushuntirdi
Biznes va pul09:35
Investor Huangning Nvidiaʼdan ketishini AI quvvati ijarasi servislariga xavflar bilan bogʻladi
Biznes va pul09:31


